Keshbek toʻplang va mahsulot oling
Xarid summangizning bir qismi keshbek boʻlib qaytadi. Toʻplangan keshbek evaziga oʻsha doʻkondan mahsulot olasiz
Nafli nima
Nafli xaridorlar va bizneslarni bogʻlaydigan keshbek platformasi. Biznes chegirma oʻrniga keshbek beradi. Xaridor uni Telegram botdagi virtual kartada toʻplaydi va keyingi xaridda ishlatadi
- Kim uchun
- Xaridorlar va doʻkonlar, kafe, xizmat koʻrsatuvchi bizneslar
- Qayerda ishlaydi
- Telegram bot @nafli_roBot. Mobil ilova keyingi versiyada
- Kassa
- Zifra kassa tizimi bilan bogʻlanib ishlaydi. Kassaga qoʻshimcha oʻrnatish kerak emas
- Muallif
- INWARE oilaviy korxonasi, Zifra kassa tizimi jamoasi
Uch qadamda keshbek
Botga kiring
Telegramda
@nafli_roBotni oching. Sizga virtual keshbek kartasi ochiladiKassada QR kodni koʻrsating
Kassir QR kodni oʻqiydi. Keshbek kartangizga tushadi, bot darhol xabar beradi
Keshbek bilan mahsulot oling
Keshbek qaysi doʻkonda toʻplangan boʻlsa, oʻsha doʻkonda ishlatiladi. Qoʻshilgan va yechilgan har bir soʻmni botda koʻrasiz
Zifra kassangiz bor boʻlsa, nafli tayyor
- Kassaga qoʻshimcha dastur oʻrnatilmaydi. Nafli Zifra bilan bogʻlanib ishlaydi
- Keshbek foizini va qoidalarini oʻzingiz belgilaysiz, jamoamiz birga sozlab beradi
- Chegirma pulingiz bir martada ketmaydi. Keshbek mijozni yana sizning doʻkoningizga qaytaradi
- Mijozlaringizga aksiya va yangiliklarni bot orqali yuborasiz
Nafli platformasida Tavsiya
- Platformani biz reklama qilamiz
- Boshqa bizneslarning mijozlari sizga ham keladi
- Oʻz bot yoki ilova qilishdan bir necha barobar arzon
- Yangi versiyalar bilan yangi imkoniyatlar qoʻshiladi
- Ilovada boshqa doʻkonlar ham borligi uchun mijoz uni oʻchirib tashlamaydi
Oʻz brendingiz bilan
- Bot yoki ilova faqat sizning nomingizda
- Ichida boshqa bizneslar boʻlmaydi
- Narx alohida kelishiladi
Nafli qayerga ketyapti
-
1-bosqich · hozir
Telegram bot va keshbek kartasi
Keshbek toʻplash, balansni koʻrish, bizneslardan xabar olish
-
2-bosqich
Mobil ilova va aksiyalar
Google Play va App Store. Shahringizdagi aksiya va chegirmalar, sovgʻalar, katalog, yetkazib berish bilan buyurtma. Xabarlar bot, push va SMS orqali keladi
-
3-bosqich
Bizneslarga baho va fikr
Xaridorlar biznesga baho qoʻyadi va fikr qoldiradi. Jamiyat bilan birga yaxshi bizneslar oʻsishiga yordam beramiz
Yaxshi biznes oʻsadi, yomoni bozordan oʻzi chiqib ketadi
Koʻp soʻraladi
- Nafli nima?
- Xaridorlar va bizneslarni bogʻlaydigan keshbek platformasi. Xarid summangizning bir qismi keshbek boʻlib qaytadi, toʻplangan keshbek evaziga mahsulot olasiz
- Keshbekni qayerda ishlataman?
- Keshbek qaysi biznesda toʻplangan boʻlsa, oʻsha biznesda
- Ilova bormi?
- Hozir Telegram botda ishlaydi, @nafli_roBot. Google Play va App Store ilovasi keyingi versiyada
- Qaysi kassa bilan ishlaydi?
- Zifra kassa tizimi bilan. Kassaga qoʻshimcha oʻrnatish kerak emas
- Naflini kim qilgan?
- INWARE oilaviy korxonasi. Zifra kassa tizimi ham shu jamoaniki
- Biznesim qanday ulanadi?
- Telegramda @inware_admin ga yozing. Keshbek qoidalarini birga sozlaymiz